» » Sirdaryodagi suv toshqinidan jabr ko‘rganlarning yo‘qolgan hujjatlari tiklab beriladi

Sirdaryodagi suv toshqinidan jabr ko‘rganlarning yo‘qolgan hujjatlari tiklab beriladi


Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida ro‘y bergan avariya sabab evakuatsiya qilingan ko‘plab fuqarolar hozirda zarur hujjatlarsiz qoldi.

Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, agentlik rahbariyati Sirdaryoda bo‘lib, joylarda aholi bilan uchrashmoqda. DXA Jizzax viloyati boshqarmasi mutaxassislari esa hujjatlari yo‘qolgan fuqarolar ro‘yxatini shakllantiryapti.

“Xususan, Jizzax olimpiya zaxiralari maktab-internati yotoqxonasiga joylashtirilgan 239 nafar Oqoltin tumani aholisining 32 nafarida tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganlik guvohnomalari, fuqarolik pasporti, kadastr hujjatlari yo‘qolgani aniqlangan. Ularga Davlat xizmatlari markazlari tomonidan eksterritoriallik tamoyili asosida mazkur hujjatlar qayta rasmiylashtirib beriladi”, – deyiladi agentlik xabarida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3-may kuni 1 608 nafar fuqaroning pasport, guvohnoma va boshqa hujjatlari mavjudligi yuzasidan monitoring o‘tkazilgan. Shundan 292 fuqaroning 94 nafarida pasport, 134 nafarida tug‘ilganlik, 64 nafarida nikohni qayd etish guvohnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazida insonparvarlik yordami to‘planib, ushbu buyumlarni viloyatning Do‘stlik tumaniga joylashtirilgan 4 070 nafar sirdaryoliklarga yuborish ishlari tashkil etilgani qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning yana Sirdaryoga borgani va Sardoba suv ombori hududidagi tiklash-ta’mirlash ishlari bilan tanishgani, tumandagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rgani, u yerda aholi bilan suhbatlashgani haqida xabarlar berilgandi.

Toshkent shahar hokimligi Sardobada suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga barcha mahsulotlar yetkazilgani va ularda hozircha ehtiyoj yo‘qligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan, 2-may holatiga ko‘ra, 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlarini DXX olib boradi.

Mavzuga doir: Foto: Sardobadagi toshqinning fazodan ko‘rinishi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют