» » AQShda haydovchilik guvohnomasi imtihonsiz berila boshlandi

AQShda haydovchilik guvohnomasi imtihonsiz berila boshlandi


AQShning Jorjiya shtati gubernatori kelgusi bir haftada haydovchilarga yo‘lda o‘tkaziladigan imtihonsiz guvohnoma olish imkonini beruvchi qarorni imzolaydi. Bu haqda Motor xabar berdi.

Litsenziya olish uchun onlayn testdan o‘tish kifoya.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini faqatgina yo‘lda o‘tkaziladigan imtihonni muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng olish mumkin edi. Biroq Jorjiya shtati gubernatori Brayan Kemp koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu jarayonni soddalashtiruvchi qarorni qabul qildi.

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgor onlayn tarzda yo‘l harakati qoidalarini bilishi yuzasidan test topshirishi kerak. Yengillashtirilgan chora-tadbirlar yuk avtomobili va mototsikl haydovchilariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ular karantin tugashini kutadi va faqat shundan keyingina an’anaviy tarzda imtihon topshiradi.

Test topshirgan bo‘lajak haydovchi ota-onasi yoki mashina boshqarish bo‘yicha instruktordan 40 soatlik majburiy avtomobil haydash mashg‘ulotlariga qatnashganligi haqida tasdiq xatini ham taqdim etishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, bir yil-u bir kundan kam bo‘lmagan haydovchilik staji ham talab etiladi.

Natijada haydovchi o‘quvchilik huquqi o‘rniga avtomobilni vaqtinchalik boshqarish huquqini qo‘lga kiritadi.  Yangi haydovchiga bir qancha cheklovlar qo‘llaniladi. Masalan, u yarim tundan ertalabki 6:00 ga qadar ko‘chaga chiqa olmaydi. Avtomobil salonida to‘laqonli haydovchilik huquqiga ega katta odam bo‘lishi kerak.

Mavzuga doir: “Kelajakka qaytib” filmidagi ikki avtomobil auksionda sotiladi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют