» » Toshkent ko‘chalaridagi 2,5 mingga yaqin beton blok Sardoba to‘g‘onini qayta tiklash uchun yuborildi

Toshkent ko‘chalaridagi 2,5 mingga yaqin beton blok Sardoba to‘g‘onini qayta tiklash uchun yuborildi


Toshkent shahri ko‘chalariga o‘rnatilgan 2,5 mingga yaqin beton bloklar Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilgan qismini qayta tiklash uchun yuborilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 2-may kuni Sirdaryo viloyatiga yordam karvonini tashkillashtirgan tashabbuskor faollar bilan uchrashuvida aytib o‘tgan.

Hokimning ta’kidlashicha, poytaxt ko‘chalarida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan karantin vaqtida yo‘llarni to‘sish uchun foydalanilgan 2,4 mingdan ortiq beton bloklar 2-mayga o‘tar kechasi Sirdaryo viloyatiga tashilgan.

“Dambani to‘sish uchun. 120 ta katta-katta yuk mashinalari kechasi bilan tashidi”, — deya poytaxt hokimining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Kun.uz”.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori to‘g‘onida buzilish yuz berib, Sirdaryo viloyatining bir qator tumanlarida suv toshqini kuzatildi (falokat oqibatlari Qozog‘istonning janubiy tumanlariga ham ta’sir qilgan).

Mutaxassislarning fikricha, falokatga 1-mayga o‘tar kechasi yuz bergan kuchli shamol va yomg‘ir sabab bo‘lgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev voqea yuz bergan kuniyoq Sirdaryoga yetib borgan, hozirda to‘g‘onning buzilgan qismi qayta tiklanmoqda.

Prezident matbuot xizmatining 3-maydagi axborotidan:

Hozirgi vaqtda toshqin yuz bergan joyda ikkita brigada tashkil etilib, to‘g‘on yorig‘ining chap va o‘ng qirg‘oqlarida jadal ish olib borilmoqda. Bu jarayonga yuzlab malakali mutaxassislar, mingdan ortiq maxsus texnikalar jalb etilgan.

Katta harsang toshlar, beton bloklar va plitalar, boshqa tegishli qurilish materiallari keltirilib, to‘g‘on oldida yarim aylana shaklida to‘siq devor barpo etilmoqda. Ishchi-muhandislar, haydovchilar uchun barcha sharoit yaratilib, sa’y-harakatlar kechayu kunduz tashkil etilgan.

3-may kuni hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, tergov DXX tomonidan olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Prezident shu kuni suv toshqinidan jiddiy zarar ko‘rgan “Qo‘rg‘ontepa” mahallasi aholisi bilan suhbatda “holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xulosa berishi”ni ta’kidladi.

Mavzuga doir: Sardobadan hikoyalar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют