» » Sirdaryoda Milliy gvardiya xodimi toshqin ichida qolgan xonadondan to‘qqiz kishini qutqarib chiqdi

Sirdaryoda Milliy gvardiya xodimi toshqin ichida qolgan xonadondan to‘qqiz kishini qutqarib chiqdi


Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida 1-may tongida yuz bergan falokatdan so‘ng viloyatning Sardoba, Oqolotin, Mirzaobod tumanlarida suv toshqinlari kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.

“Gazeta.uz” jurnalisti Nikita Makarenkoning Milliy gvardiya xodimiga asoslanib xabar berishicha, gvardiyachilardan biri toshqin vaqtida hayotini xavf ostiga qo‘yib, to‘qqiz kishini qutqarib qolgan.

“Voqea juma kuni bo‘ldi. Suv katta tezlikda kirib kelishni boshlaganida bir oila tashqariga chiqishga ulgurmay, uyida qolib ketdi. Atrof allaqachon suvga to‘lib bo‘lgan edi. Bir gvardiyachi, yosh yigit, darrov o‘sha tomonga otildi. To‘qqiz kishini olib chiqdi, hammani qutqarib qoldi”, — deydi Milliy gvardiya xodimi.

Avvalroq toshqindan jiddiy zarar ko‘rgan Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida bir fermer suvda oqib ketayotgan ikki qizaloqni qutqarib qolgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari vertolyotlari yordamida 300 ga yaqin odam qutqarilgan.

Mavzuga doir: Kun fotosi: Sirdaryoda aholi vertolyot yordamida qutqarilmoqda

Hodisa yuz bergan kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarning birida toshqin bir xonadonni vayron qilayotgani, videoa olayotgan fuqaro esa o‘sha tomonga Milliy gvardiya xodimi suzib ketganini ta’kidlayotganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, toshqin ichida qolgan qishloqda qolib ketganlarni izlayotgan qutqaruvchilar videosi ham e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir: Sardobadan hikoyalar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют