» » Amerikalik investor Maskni Trampni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga ko‘ndirish uchun ko‘p millionli kampaniyani avj oldirdi

Amerikalik investor Maskni Trampni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga ko‘ndirish uchun ko‘p millionli kampaniyani avj oldirdi


Biznesmen Dag Dervin Tesla avtomobilini buyurtma qilish haqidagi qarorini o‘zgartirdi va AQShning yangi prezidenti saylovchilarda soxta tasavvur hosil qilish uchun go‘yoki Ilon Maskdan foydalangan degan xulosaga keldi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda, deb yozadi TJournal.

Taqdir taqozosi bilan Dervin bitimni Donald Tramp lavozimga saylangan kuni bekor qildi. Tadbirkor iqlim o‘zgarishini rad etayotgan yangi saylangan prezident va uning atrofidagilarga qarshi ekanligini ko‘rsatish uchun Tesla Model S avtomobilini xarid qilishga qaror qilgan edi.

Biroq Dervin avtomobilni kutayotib, Ilon Mask Tramp bilan uchrashganligi va Oq uy yangi ma’muriyatining bir nechta qo‘mitalariga qo‘shilganligidan xabar topdi. Avtomobil tayyor ekanligi haqida xabar kelganda esa buyurtmani bekor qilishga qaror qildi. Mashina uchun sarflashni rejalashtirgan mablag‘ni (150 ming dollar atrofida) esa Amerika fuqarolar erkinligi jamiyatiga xayriya qildi.

Dervinning fikricha, Tramp Maskdan targ‘ibot quroli sifatida foydalangan. Uning shaxsiy noroziligi Maskning Tramp bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga erishish maqsadi ko‘zlangan ommaviy kampaniyaga aylandi.

Dervin yaqinda Tesla shtab-kvartirasi va Kremniy vodiysi oldida paydo bo‘lgan billbordlar o‘rnatilishini moliyalashtirdi. Plakatlarga “Ilon, iltimos, Trampni tark et” deb yozilgan edi.

Dervin Tramp va Maskka qarshi norozilik uchun ikki million dollar sarflashga tayyor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют