» » O‘zbekiston bo‘ylab uch kun davomida yomg‘ir va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab uch kun davomida yomg‘ir va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4—6-may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy tumanlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.

4-mayda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

5-mayda respublikaning ayrim joylariga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

6-mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

4-6-mayda shamolning tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin.

4-7-may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют