» » Tramp: “Xitoy koronavirus borasida katta xato qildi”

Tramp: “Xitoy koronavirus borasida katta xato qildi”


Xitoy koronavirus paydo bo‘lganidan so‘ng katta xato qildi va buni yashirishga harakat qildi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

“Mening fikrimcha, ular (Xitoy hukumati) dahshatli xatoga yo‘l qo‘ydi va buni tan olishni istamadi. Biz (tergov o‘tkazish uchun Xitoyga) borishni xohladik, ammo ular bizni kiritishni istamadi, hatto Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini ham kiritishmadi. Ular buni tan oldi, lekin darhol emas, ancha keyinroq. Menimcha, ular xato qilib qo‘yib buni yashirishga urindi, xuddi yong‘inni o‘chirishga harakat qilgandek. Lekin buning uddasidan chiqa olishmadi”, — degan Tramp.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha tekshiruvga JSSTni taklif qilmadi

Donald Trampning aytishicha, ularning eng salbiy qarori — Xitoyga kirishni cheklab, lekin o‘z fuqarolariga AQSh va boshqa mamlakatlarga chiqishni taqiqlamaganidir.

Avvalroq Fox News telekanali koronavirusning Uxanda laboratoriya sharoitida yaratilganini taxmin qilgandi. Donald Tramp ham koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillari borligini bildirgan. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Xitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bo‘lgani, ammo uni o‘z vaqtida oshkor qilmaganini aytgan.

AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarini birlashtiruvchi “Besh ko‘z” razvedka alyansi tomonidan tayyorlangan hisobotda Xitoy hukumati koronavirus paydo bo‘lishiga oid har qanday ma’lumotni yashirib, shu orqali boshqa mamlakatlarni xavf ostiga qo‘ygani, shuningdek, Xitoy COVID-19 borasida laboratoriyalarda o‘tkazilgan tajribalarga oid dalillarni ham yo‘q qilib, vaksina yaratish ustida ish olib borayotgan xorijlik olimlarga biomateriallarni taqdim etishdan bosh tortgani bayon etilgan.

Ayni paytda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 3,5 million kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir: AQSh hukumati maxsus xizmat vakillarini Uxandagi laboratoriyaning COVID-19’ga aloqadorligi bo‘yicha dalillar izlashga majburlamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют