» » “Taxtlar o‘yini” serialidagi “Tog‘” shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi (video)

“Taxtlar o‘yini” serialidagi “Tog‘” shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi (video)


“Taxtlar o‘yini” serialidagi Grigor Kligan (“Tog‘”) roli bilan mashhur islandiyalik aktyor va sportchi Xaftor Byornsson shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Esquire xabar bermoqda.

Avvalgi rekord britaniyalik Eddi Xolluga tegishli bo‘lib, u 2016-yilda roppa-rosa yarim tonnani ko‘targan edi.

Hozircha Byornssonning yangi rekordi hisobga olinish-olinmasligi noma’lum. Chunki u 501 kg toshni rasmiy musobaqada emas, Islandiyadagi o‘z sport zalida ko‘tardi.

Xaftor Byornsson 2018-yilda dunyoning eng kuchli odami unvoniga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari, u bir necha marta Yevropaning eng kuchli odamiga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют