» » Zidandan Ronaldugacha. Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli gollar aniqlandi (video)

Zidandan Ronaldugacha. Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli gollar aniqlandi (video)


France Football nashri Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli gollar reytingini e’lon qildi.

Mazkur reytingda 1992—2020-yillar oralig‘idagi gollar hisobga olingan. “Real” sobiq yarim himoyachisi Zinedin Zidanning 2002-yilgi finalda “Bayer” (2:1) darvozasiga kiritgan to‘pi eng chiroyli gol sifatida topildi.

Mauro Bressan tomonidan 1999-yilda “Barselona”ga urilgan gol ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Krishtianu Ronalduning 2018-yilda “Yuventus” darvozasiga kiritigan to‘pi kuchli uchlikni yakunlagan.

Chempionlar Ligasining eng chiroyli o‘nta goli:

10. Aaron Remzi, “Arsenal” (2014-yilda “Galatasaroy” darvozasiga urgan goli)

9. Ronaldinyo, “Barselona” (2005-yilda “Chelsi” darvozasiga urgan goli);

8. Mario Manjukich, “Yuventus” (2017-yilda “Real” darvozasiga urgan goli);

7. Maykl Essyen, “Chelsi” (2009-yilda “Barselona” darvozasiga urgan goli);

6. Garet Beyl, “Real” (2018-yilda “Liverpul” darvozasiga urgan goli);

5. Filipp Mekses, “Milan” (2012-yilda “Anderlext” darvozasiga urgan goli);

4. Deyan Stankovich, “Inter” (2011-yilda “Shalke-04” darvozasiga urgan goli);

3. Krishtianu Ronaldu, “Real” (2018-yilda “Yuventus” darvozasiga urgan goli);

2. Mauro Bressan, “Fiorentina” (1999-yilda “Barselona” darvozasiga urgan goli);

1. Zinedin Zidan, “Real” (2002-yilda “Bayer” darvozasiga urgan goli);

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют