» » Navoiy viloyati koronavirusdan xoli uchinchi hududga aylandi

Navoiy viloyati koronavirusdan xoli uchinchi hududga aylandi


Farg‘ona viloyatida 4-may kuni 8 kishi koronavirusdan sog‘aydi, Navoiy viloyati esa rasman koronavirusdan xoli hududga aylandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Farg‘onada tuzalib chiqqanlarning yetti nafari Turkiyadan, bir nafari esa Rossiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan; ularning to‘rt nafari erkak, to‘rt nafari ayol. Hududlar kesimida olinsa, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridan ikki nafardan, Andijon, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan bir nafardan. Eng kattasi 61 yoshda, eng kichigi 40 yoshda. Farg‘ona viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 84 nafarga yetdi.

Namanganda sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan (to‘qqiz nafari Namangan shahridan, uch nafari Uchqo‘rg‘on tumanidan, ikki nafari Norin tumanidan, bir nafardan Chust, Namangan va Uychi tumanlaridan) bo‘lib, ular kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan. Bemorlarning olti nafari erkak, 11 nafari ayol; eng kattasi 48 yoshda, ikki nafar eng kichigi 2019-yilda tug‘ilgan. Viloyatda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 106 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida tuzalganlardan bir nafari Samarqand shahrida yashovchi 37 yoshli ayol, ikkinchisi Toyloq tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli erkak. Ularning har ikkisi kasallikni O‘zbekistonda, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Viloyatda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 24 nafarga yetdi.

Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar qolmadi. 4-may kuni sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan 45 yoshli ayol Toshkent shahridan bo‘lib, u poytaxtda koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda kasallikni yuqtirib olgan edi. Umuman, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi boshlangan 15-martdan buyon Navoiy viloyatida kasallikka chalinish bilan bog‘liq faqat ikkita holat qayd etilgan bo‘lib, ikkinchi bemor ham 4-may kuni sog‘aygan ayolning o‘g‘li edi (25-aprelda reabilitatsiyaga olingan edi).

Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirusdan xoli hududlar soni uchtaga yetdi — avvalroq Jizzax viloyatida uch bemor va Qashqadaryodagi olti bemorning bari sog‘ayib ketgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4-may soat 13:40 holatiga ko‘ra 1347 nafarga yetdi. Ma’lumot uchun, jami kasallanganlar soni 4-may soat 10:00 holatiga 2160 nafarni tashkil etmoqda; bemorlarning 10 nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 29) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют