» » Koronavirus avtomobillarni tanib bo‘lmas darajaga o‘zgartirib yuborishi mumkinligi ma’lum qilindi

Koronavirus avtomobillarni tanib bo‘lmas darajaga o‘zgartirib yuborishi mumkinligi ma’lum qilindi


Pandemiya dunyoning ko‘plab avtomobilsozlik kompaniyalariga jiddiy zarar yetkazdi. Ko‘plab avtomobil dizaynerlarining fikricha, koronavirus kelajak avtomobillarining yaratilishiga turtki bo‘ladi, deb xabar beradi Autorambler.

“Pandemiya bizning xavfsizlik va hashamat borasidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradi”, — deydi Daimler bosh dizayneri Gordon Vagener. Mazkur fikrni Rolls-Royce’dagi hamkasbi Feliks Kilbertus ham qo‘llab-quvvatlagan. Uning ta’kidlashicha, kelajak avtomobillarining vazifasi — o‘z egasiga erkinlik va xavfsiz harakatlanish hissini taqdim etishdan iborat.

Hozirda ko‘plab avtobrendlar havoni tozalovchi turli tizimlarni sinovdan o‘tkazishni boshlab yubordi. Masalan, Jaguar Land Rover (JLR) bakteriya va viruslarning salonda tarqalishini to‘xtatuvchi ultrabinafsha lampani yaratishni boshladi. JLR vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi texnologiya soddalashtirilib, salon iqlimini nazorat qiluvchi tizim bilan integratsiyalashishi mumkin.

Mercedes kabi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar avtomobil tashqarisida ham havo tozalash g‘oyasini ilgari surmoqda. Vagener bu kabi tizimning tafsilotlarini oshkor qilmagan, biroq mazkur yangilikni u “mashina havodagi patogenlarni so‘rib olib, uni tozalaydi” deb izohlagan.

Shu bilan birga, Rolls-Royce xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladigan qurilmalarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Gap avtomobil uchun “ko‘rinmas-yopinchiq” haqida ketmoqda. Kilbertusning so‘zlariga ko‘ra, innovatsion yopinchiq mashina tomini potensial o‘g‘rilardan himoya qilishi mumkin, biroq dizayner sirli qurilmaning ishlashi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmagan.

Mavzuga doir: Xitoy kompaniyasi koronavirus sabab mashina kalitlarini xaridorlarga dronlar yordamida yetkazib bermoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют