» » Mesut O‘zil karantin vaqtida ro‘za amalini bajarayotgan muhtojlarga 101 ming dollar xayriya qildi

Mesut O‘zil karantin vaqtida ro‘za amalini bajarayotgan muhtojlarga 101 ming dollar xayriya qildi


“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil Turkiyadagi qizil yarim oy jamiyatiga 101 ming dollar xayriya qildi, deya xabar qilmoqda Daily Sabah.

Ushbu mablag‘ koronavirus pandemiyasi sabab joriy qilingan karantin vaqtida ro‘za amalini bajaryotgan muhtoj musulmonlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

Ta’kidlanishicha, kelib chiqishi Turkiyadan bo‘lgan O‘zil ramazon oyida Turkiya va Suriyadagi jami 16 ming muhtoj kishini oziq-ovqat va tibbiyot vositalari bilan ta’minlaydi.

Mesut “Arsenal”ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biri hisoblanadi. Avvalroq O‘zil pandemiya sabab yuzaga kelgan inqiroz paytida maoshining qisqarishiga rozi bo‘lmagani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют