» » Markaziy harbiy okrug askarlari Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmoqda (foto)

Markaziy harbiy okrug askarlari Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmoqda (foto)


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tarkibidagi okruglar, jumladan, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham suv toshqini oqibatida jabrlangan sirdaryoliklarga ko‘mak berish maqsadida Sardoba tumaniga yetib keldi. Bu haqda “Daryo”ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2-may kuni okrug qo‘mondonligi boshchiligida yetib kelgan 2000 nafardan ziyod harbiy xizmatchi “Qo‘rg‘ontepa” va “Soflik” mahallasidagi keng ko‘lamli ishlarga jalb qilingan. Shuningdek, okrug tasarrufidagi 200 ga yaqin harbiy texnika tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishlatilmoqda. Buning natijasida aksariyat oilalar o‘z uylariga qayta boshladi.

Jizzax, Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar ertalab soat 06:00 da 22:00 ga qadar uylarni qayta ta’mirlash, suv chiqarish, yo‘llarni ochish va boshqa ishlarga ko‘ngilli ravishda yordam bergan.

Bundan tashqari, okrug radiatsion kimyoviy biologik muhofaza bo‘linmalari, psixologlar hamda tibbiyot pukti xodimlari tomonidan aholi salomatligi tekshirilib, fuqarolar vaqtincha joylashgan joylar dezinfeksiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda 1-may, juma kuni, tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan; 2-may tonggi holatiga ko‘ra, 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют