» » Markaziy bank yaqin vaqtlarda dollar kursida qanday o‘zgarishlar kutilayotganini ma’lum qildi

Markaziy bank yaqin vaqtlarda dollar kursida qanday o‘zgarishlar kutilayotganini ma’lum qildi


O‘zbekistonda mart oyidan boshlab asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi va asosiy xomashyo tovarlari narxlarining pasayishi sharoitida eksport va pul o‘tkazmalaridan valyuta tushumlari sezilarli darajada pasaydi. Bu haqda Markaziy bankning “2020-yilning I choragi uchun pul-kredit siyosati sharhi”da ma’lum qilindi.

Biroq ta’kidlanishicha, ayni paytda respublikada past iqtisodiy faollik sharoitida importga bo‘lgan talabning sezilarli o‘sishi kuzatilmagan.

Aprel oyining dastlabki 3 haftasida dollar almashuv kursi o‘rtacha 6,7 foiz o‘sgan. Bunga o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida almashuv kursining ma’lum darajada to‘g‘rilanishi sifatida qarash mumkin.

So‘m almashuv kursida mazkur to‘g‘rilanish joriy yil mart oyida asosiy savdo hamkorlari milliy valyutalarining qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan real effektiv almashuv kursi tafovutining yopilishiga xizmat qildi:

Bundan tashqari, shu yilning aprelidan boshlab asosiy savdo hamkorlar valyutalari qadri biroz oshib, nisbatan barqaror dinamikani ko‘rsatmoqda.

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, asosiy savdo-hamkor davlatlarda inflyatsiya darajasi dastlabki prognozlarga nisbatan birmuncha yuqori bo‘ladi. “Qisqa muddatli istiqbolda fundamental omillar tomonidan so‘mning nominal almashuv kursiga devalvatsion bosimning yuzaga kelishi kutilmayapdi”, — deya xulosa qilingan Markaziy bankda.

Markaziy bankning 5-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan belgilagan yangi qiymatiga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10 129,39 so‘mni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: Iqtisodchi Yuliy Yusupov jahon bozorida neft narxi pasayishda davom etsa, so‘mning devalvatsiyasi muqarrarligini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют