» » AQShda 19 nafar boladan iborat to‘da 46 ta avtomobilni o‘g‘irlab ketdi

AQShda 19 nafar boladan iborat to‘da 46 ta avtomobilni o‘g‘irlab ketdi


Amerikaning Shimoliy Karolina shtatida 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar dilerlik markazlaridan 1 138 718 dollarlik 46 ta avtomobilni o‘g‘irlab qochdi, deb xabar beradi Motor.

Uinston-Seylem shahri politsiyasi mahalliy dilerlarni o‘margan mashina o‘g‘rilarining iziga tushishga muvaffaq bo‘lgan. 17-martdan boshlab jinoyatchilar 12 ta dilerlik markazidan 46 ta yangi mashinani olib qochishga erishgan bo‘lsa, yana 6 ta dilerlik markaziga uyushtirilgan hujum turli sabablarga ko‘ra, muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Aniqlanishicha, mashinalarni 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘g‘irlagan. Voyaga yetmaganlardan iborat jinoiy to‘da dilerlarga 1 138 718 dollar miqdorida zarar yetkazgan.

19 nafar boladan iborat to‘da tomonidan o‘g‘irlangan jami 46 ta mashinaning 6 tasi topilmagan. Bolalar voyaga yetmaganligi sabab ularni hibsga olish mumkin emas. Biroq politsiyachilar 19 yoshli erkakni mashina o‘g‘rilari bilan aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga olgan — uning garajidan o‘g‘irlangan avtomobillardan biri topilgan va u qo‘lga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatgan. Taxminlarga ko‘ra, barcha jinoyatlarning tashkilotchisi va to‘daning “kattasi” shu bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют