» » FVV: Sirdaryodagi toshqin oqibatida 70 ta uy hayvoni nobud bo‘lgan

FVV: Sirdaryodagi toshqin oqibatida 70 ta uy hayvoni nobud bo‘lgan


Sirdaryo viloyatining suv bosgan hududlarida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar jadallashtirilmoqda. FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu hududdagi qabristonlar, kanalizasiya tizimlari, suv tozalash inshootlari chuqur o‘rganilgan. Shu bilan bir qatorda mazkur obyektlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, sanitariya-epidemiologiya hamda farovonlikni ta’minlash maqsadida, allaqachon qurigan turar joylarda dezinfeksiya ishlari boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda Oqoltin tumanidagi Ahillik qishlog‘i, o‘sha viloyatning Qo‘rg‘ontepa va Sardoba qishloqlari va Mirzaobod tumanidagi Baliqchilik qishlog‘i qayta ishlanishi ta’kidlangan.

Zararlangan hududlarda to‘plangan 70 ta uy hayvonining sanitariya qoidalariga muvofiq ko‘milgan.

Mazvuga doir: Sardobalik fermer toshqin vaqtida suvda oqib ketayotgan ikki qizaloqni qutqarib qoldi

Shuningdek, yong‘in o‘chirish mashinalari va motopompalar bilan toshqin suvlarini tortib olish ishlari davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya xodimlari hududlarni to‘plangan qoldiqlardan tozalash tadbirlarini olib bormoqda.

Bundan tashqari, mutasaddi xizmatlar tomonidan evakusiya qilingan joylarda aholi o‘rtasida yong‘inlar va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

Mavzuga doir: Markaziy harbiy okrug askarlari Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmoqda (foto)

Ma’lumot uchun, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Ayni vaqtgacha ishonch telefoniga 5 609 qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Shulardan 4861 nafar fuqaro favqulodda vaziyat oqibatlari bo‘yicha ma’lumotlar so‘rab, murojaat etgan. Ularning 287 nafari oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar masalasida yordam so‘ragan. Murojaatchilardan 199 nafari ko‘ngilli qutqaruvchi sifatida favqulodda vaziyat o‘chog‘iga borish istagini bildirgan.

Mavzuga doir: Sirdaryoda evakuatsiya qilingan 6 mingdan ortiq ayollar, bolalar, qariyalar 4-may kuni o‘z uylariga qaytishi kutilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют