Brunu Fernandesh: Inyestaga nima sababdan “Oltin to‘p” berilmaganini tushunish qiyin
“Manchester Yunayted” yarim himoyachi Brunu Fernandesh qaysi futbolchidan namuna olishini aytdi.
“Andres Inyesta men ko‘rishni va kuzatishni yoqtirgan o‘yinchi edi. Inyesta — “sakkizinchi raqam” (markaziy yarim himoyachi) va “o‘ninchi raqam”ning (pleymeker) qorishmasi. Mana shu pozitsiyada men yaxshiroq o‘ynay olaman.
Bu o‘yinchi to‘pni ushlab turishni va tavakkal qilishni yaxshi ko‘radi. O‘ylashimcha, Andres jahonda eng yaxshilardan biri edi.
Inyesta birorta ham “Oltin to‘p”ga ega bo‘lmay faoliyatini yakunlagani meni hayron qoldiradi. U qo‘lga kiritgan sovrinlarni hisobga olib aytsak, buni tushunish juda qiyin”, — deydi Fernandesh.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz