» » Brunu Fernandesh: Inyestaning “Oltin to‘p”siz qolganini tushunish qiyin

Brunu Fernandesh: Inyestaning “Oltin to‘p”siz qolganini tushunish qiyin


“Manchester Yunayted” yarim himoyachi Brunu Fernandesh qaysi futbolchidan namuna olishini aytdi.

“Andres Inyesta men ko‘rishni va kuzatishni yoqtirgan o‘yinchi edi. Inyesta — “sakkizinchi raqam” (markaziy yarim himoyachi) va “o‘ninchi raqam”ning (pleymeker) qorishmasi. Mana shu pozitsiyada men yaxshiroq o‘ynay olaman.

Bu o‘yinchi to‘pni ushlab turishni va tavakkal qilishni yaxshi ko‘radi. O‘ylashimcha, Andres jahonda eng yaxshilardan biri edi.

Inyesta birorta ham “Oltin to‘p”ga ega bo‘lmay faoliyatini yakunlagani meni hayron qoldiradi. U qo‘lga kiritgan sovrinlarni hisobga olib aytsak, buni tushunish juda qiyin”, — deydi Fernandesh.

Hozirda Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida to‘p surayotgan Inyesta 2002—2018-yillar oralig‘ida “Barselona”da faoliyat yuritgan. Ispaniyalik futbolchi 2010 va 2012-yilda “Oltin to‘p”ga da’vogarlar uchligidan o‘rin olgan, biroq biror marta unda g‘olib chiqa olmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют