» » Ishdan olingan Darig‘a Nazarboyeva o‘rniga Qozog‘iston Senatining yangi spikeri tayinlandi

Ishdan olingan Darig‘a Nazarboyeva o‘rniga Qozog‘iston Senatining yangi spikeri tayinlandi


Maulen Ashimbayev Qozog‘iston Senatining yangi spikeri etib tayinlandi, u ushbu lavozimda sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyevanining o‘rnini egalladi. Bu haqda “Zakon.kz” nashri xabar bergan.

Deputatlar uning nomzodini bir ovozdan ma’qullagan. Ashimbayev nomzodini mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklif etgan.

Ashimbayev o‘zining asosiy yo‘nalishlari sifatida koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish va siyosatda Qozog‘istonning birinchi prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ekanligini qayd etdi.

Ashimbayev avval prezident administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan va prezidentning maslahatchisi hisoblanardi.

Eslatib o‘tamiz, 2-may kuni To‘qayev Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlarini tugatib, uni parlament spikerligidan ozod qilgandi. Tojikiston ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Nuriddin Qarshiboyev Nazarboyevaning ishdan olinishi Qozog‘istonda siyosiy guruhlar o‘rtasida kurash boshlanganini anglatishi mumkinligini ta’kidlagan. U sobiq senatorning siyosat maydonini tark etmasligini va Darig‘a Nazarboyevaga boshqa ish topib qo‘yilgani, ushbu jarayon uning otasi Nursulton Nazarboyev bilan kelishilganini taxmin qilgan.

Mavzuga doir: London sudi Nursulton Nazarboyevning qizi va nabirasiga tegishli 100 mln dollarlik mol-mulklarni xatlash to‘g‘risidagi orderni noqonuniy deb topdi

Telegram’dagi @davletovuz kanalida ushbu o‘zgarishlar tahlil qilinib, Darig‘a Nazarboyeva davlat rahbari bo‘ladi, degan gap-so‘zlar, versiyalar batamom o‘z kuchini yo‘qotganligi qayd etilgan.

Darig‘a — Nazarboyevning katta qizi, u 2019-yil 20-martdan beri Qozog‘iston Senati spikeri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. To‘qayev uni 2019-yil avgustida senatorlikka qayta tayinlagan, sentabrda esa u Senat raisi lavozimiga qayta saylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют