» » Peru sudi mamlakatning sobiq prezidenti Alexandro Toledoni hibsga olishga ikkinchi orderni berdi

Peru sudi mamlakatning sobiq prezidenti Alexandro Toledoni hibsga olishga ikkinchi orderni berdi


Perulik sudya Mario Gerra Bonifasio mamlakat sobiq prezidenti Alexandro Toledo va uning turmush o‘rtog‘i Eliane Karpni hibsga olishga order berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.

El Comercio nashriga ko‘ra, jinoiy ish mamlakat poytaxti Limada sobiq prezidentning qaynonasi Eva Fernebug nomiga oliy toifadagi ko‘chmas mulk xarid qilinishi bilan bog‘liq. Xarid Kosta-Rikada joylashgan Ecoteva kompaniyasi mablag‘i hisobiga amalga oshirilgan.

Tergov er-xotin Toledolar mazkur firma yordamida nopok yo‘llar bilan topgan pullarini qonuniylashtirishga uringanlikda gumon qilmoqda. Sudya ularning ikkisi uchun 18 oydan iborat dastlabki qamoq muddatini belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Perudagi boshqa sudya Alexandro Toledoni Braziliyadagi Odebrecht qurilish kompaniyasidan 20 million dollar pora olishda ayblab, hibsga olish uchun order bergandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют