» » Neymar PSJ taklif qilgan 100 mln yevroni olmadi. U “Barselona”ga qaytmoqchi

Neymar PSJ taklif qilgan 100 mln yevroni olmadi. U “Barselona”ga qaytmoqchi


PSJ hujumchisi Neymar “Barselona”ga qaytish uchun katta miqdordagi puldan voz kechdi.

Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, parijliklar rahbariyati futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga urinib ko‘rgan va unga sodiqligi uchun 100 million yevro miqdorida bonus puli taklif qilgan. Biroq Neymar mazkur taklifni rad etgan.

Bundan tashqari, 28 yoshli futbolchi yana “ko‘k-anorranglilar” safida harakat qilish uchun maoshining ikki barobar qisqarishiga ham tayyor.

PSJ Neymarni 2017-yilning yozida 222 million yevro evaziga “Barselona”dan sotib olgandi. Koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlangan Fransiya chempionatining joriy mavsumida futbolchi 15 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urishga erishdi.

Mavzuga doir: “Eshagidan to‘qimi qimmat”. Neymarning bir o‘yini PSJga 4 mln yevroga tushmoqda

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют