» » Toshkent shahrida 23 nafar bemor COVID-19’dan tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1364 nafarga yetdi

Toshkent shahrida 23 nafar bemor COVID-19’dan tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1364 nafarga yetdi


Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 9 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar kasallikdan butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Ular Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari esa mos ravishda Buxoro va Toshkent viloyatlarida istiqomat qiladi. Ulardan 8 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bir nafar fuqaro esa Rossiyadan kelganidan keyin karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 da bo‘lsa, eng kichigi 9 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan 6 nafar bemor koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirgan. Ikki kishi Rossiyadan kelgach, karantinga olingan va COVID-19 aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bermorlarning 3 nafari Toshkent shahrida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolar, qolgan ikki bemor mos ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatidan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 2 nafari ayol. Eng yoshi kattasi 58 da, eng kichigi esa 10 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 3 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari mos ravishda Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlaridan. Ularning 1 nafari Qozog‘iston orqali Rossiyadan, yana 1 nafari Qozog‘istondan, 1 nafari esa Turkiyadan O‘zbekistonga kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 bemor esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Tuzalganlarning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol, eng yoshi kattasi 62 da, eng kichigi 19 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 432 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 455 nafarga yetdi, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda 2020-yil 4-may soat 15:30 holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 51 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va tuzalganlar soni 1370 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 4-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 21 kishiga ko‘payib, 2181 nafarga yetgan, avvalroq 4-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2160 nafarni tashkil etgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etdi.

O‘zbekistonda koronavirusdan xoli hududlar soni uchtaga yetgan — Jizzax viloyatida uch bemor, Qashqadaryodagi olti bemor va Navoiy viloyatida ikki nafar bemor sog‘ayib ketgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют