» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 145 ming kishidan oshdi, 1356 nafar bemor vafot etdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 145 ming kishidan oshdi, 1356 nafar bemor vafot etdi


Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida 10 581 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 145 268 kishiga yetdi, ulardan 125 817 kishi ayni paytda davolanmoqda. Kasallikdan 1356 kishi vafot etgan. Bu haqda Kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab xabar berdi.

Virus eng faol tarqalayotgan hudud Moskva shahri bo‘lib qolmoqda, shaharda so‘nggi bir sutkada 5795 ta yangi holat qayd etilgan. Moskvada kasallanganlar soni 74 401 kishiga yetgan — bu virusni yuqtirib olish bo‘yicha mamlakatda kasallanganlarning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, Moskva viloyatida o‘tgan bir sutkada 803 kishida koronavirus aniqlangan, Sankt-Peterburgda esa bu ko‘rsatkich 317 kishini tashkil qilgan.

Rossiyada so‘nggi bir sutkada 1456 kishi koronavirusdan tuzalgan, mamlakat bo‘yicha sog‘ayganlarning umumiy soni 18 095 kishiga yetgan.

Aprel oyining o‘rtasidan buyon Rossiya kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda o‘ninchi o‘rindan yettinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu vaqt ichida Rossiya mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy, Eron va Turkiyadan o‘tib ketdi. Ayni payda dunyoda AQSh birinchi o‘rinda turibdi, mazkur mamlakatda koronavirusga chalingan 1,1 million kishi qayd etilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Ispaniya 217,4 ming, Italiya 210,7 ming bemor bilan egallab turibdi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha koronavirusga chalingan bemorlar soni 3,5 million kishidan oshdi.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirus sabab kuzatilayotgan o‘lim holatlarining ko‘pligini D vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘lamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют