» » Video: Buxoroda IIB xodimi daryoga cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi

Video: Buxoroda IIB xodimi daryoga cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi


Buxoroda ichki ishlar xodimi daryoga cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashov ma’lum qildi.

3-may, yakshanba kuni, ertalab soat 08:30 da Vobkent tumanida yashovchi 39 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilish maqsadida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosiga sakragan.

Mahalla raisi tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar bergach, profilaktika inspektori, mayor Ahror Abloqulov hamda tuman IIB 5-son Ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan Hamza Hojiyev voqea joyiga yetib borgan. Ayol o‘tgan vaqt davomida suv oqimi bo‘ylab, taxminan, 50 metr masofaga oqib borgan va suv yutishi natijasida yuzaga qalqib chiqqan.

IIB xodimi Hamza Hojiyev ayolni ko‘rgach, suvga sakragan va uni suvdan olib chiqqan. Xodim nafas yo‘llari suv bilan to‘lgan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol ruhiy xasta bo‘lib, dispanser hisobida turadi. Ayni paytda ayolning salomatligi shifokorlar nazoratida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют