» » Donald Tramp AQShda koronavirusdan vafot etishi mumkin bo‘lganlar soni bo‘yicha yangi prognozlarni ma’lum qildi

Donald Tramp AQShda koronavirusdan vafot etishi mumkin bo‘lganlar soni bo‘yicha yangi prognozlarni ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, AQShda koronavirus oqibatida vafot etadigan bemorlar soni 75 mingdan 100 ming kishigacha yetishi mumkin. Bunga qadar Tramp kutilayotgan qurbonlar soni bo‘yicha bir nechta prognozni ma’lum qilgandi, deb yozmoqda Reuters.

“Bu dahshatli. Biz bu ko‘rsatkichdan ortiq birorta ham odamni yo‘qotmasligmiz kerak”, — deya ta’kidlagan AQSh prezidenti.

Aprel oyining boshida Oq uy koronavirusdan kutilayotgan qurbonlar soni bo‘yicha rasmiy prognozlarni ma’lum qilgan edi. O‘shanda ekspertlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, agar AQShda hukumat tomonidan joriy qilingan cheklovlarga amal qilinsa, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 100 mingdan 240 ming nafargacha borishi mumkinligi taxmin qilingan. Shuningdek, mutaxassislar voqealar rivoji yomon tus olsa, qurbonlar soni 2,2 million kishini tashkil etishi mumkinligini bildirgan. Qayd etilishicha, bu holat infeksiya tarqalishiga qarshi kurash uchun hech qanday chora ko‘rilmagan taqdirda yuz berishi mumkinligi prognoz qilingan.

Aprel oyining o‘rtasida Tramp AQSh hukumatining yangi prognozlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, AQShda koronavirusdan o‘ladigan odamlar soni 100 ming nafardan “sezilarli darajada kam” bo‘ladi. Tramp kutilayotgan qurbonlar sonini kamaytirishga mamlakatning odamlarni qutqarish bo‘yicha qat’iy siyosati tufayli erishilganligini ta’kidlagan va kasallik bilan bog‘liq vaziyatning ijobiy tomonga o‘zgarayotganini qayd etgan.

Yana bir hafta o‘tgach, AQSh prezidenti mamlakatda pandemiya qurbonlari soni 60-65 ming kishini tashkil etishi mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kutilayotgan qurbonlar sonini aniqlashtirishga mamlakat hukumati tomonidan koronavirusga qarshi kurashda ko‘rilayotgan choralar imkon bergan.

Tramp 1-may kuni AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan kam bo‘lishiga umid qilayotganini ma’lum qilgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda ayni paytga qadar 67 682 kishi koronavirus qurboniga aylangan. O‘lim holatlarining katta qismi, ya’ni 18 925 tasi Nyu-Yorkda qayd etilgan.

Avvalroq Donald Tramp koronavirus vaksinasi yil oxirigacha tayyor bo‘lishiga ishonchi komilligini bildirgani haqida xabar berilgandi. AQSh hukumati koronavirus qurbonlari uchun oldindan yuz mingta dafn qopiga buyurtma bergani ma’lum bo‘ldi. Nyu-Yorkda ichida o‘nlab chiriyotgan jasad bo‘lgan yuk mashinasi topildi.

Mavzuga doir: Tramp: “Xitoy koronavirus borasida katta xato qildi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют