» » Uzmobile o‘quvchi va talabalar uchun innovatsion loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Uzmobile o‘quvchi va talabalar uchun innovatsion loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda


Uzmobile milliy aloqa operatori O‘zbekiston ta’lim tizimi bilan hamkorlikda Smart education loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Loyiha ta’lim tizimi o‘quvchilari va talabalari uchun o‘quv materiallari, internet manbalari va to‘lov xizmatlaridan foydalanishga imkon beruvchi kartani amalga kiritishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu haqda Uzmobile tomonidan 18-aprel, seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Loyiha 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan. Unga asosan amalga kiritiladigan karta talaba va o‘quvchilarning talabalik va o‘quvchilik guvohnomasi vazifasini bajaradi. Bir vaqtning o‘zida karta egasi uning yordamida o‘quv manbalaridan foydalanish, belgilangan internet resurslariga kirish va naqdsiz pul to‘lovlarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют