» » Toyota yuqori qulaylikka ega eksklyuziv Corolla’ni ishlab chiqaradi

Toyota yuqori qulaylikka ega eksklyuziv Corolla’ni ishlab chiqaradi


Xitoyning FAW-Toyota qo‘shma korxonasi yuqori qulaylikka ega maxsus Corolla’ni ishlab chiqaradi. Corolla L odatdagi sedanlardan kengaytirilgan g‘ildiraklar bazasi, orginal jihozlari va yangi 1,5 litrli turbirlangan dvigateli bilan ajralib turadi. Mazkur model Xitoyda bir yildan keyin sotuvga chiqishi kutilmoqda, deb xabar beradi Autohome.

Manbalarning ta’kidlashicha, L-versiyaning g‘ildiraklar bazasi 2800 millimetrga qadar uzaytirilgan bo‘lib, kuzovning umumiy uzunligi 4735 millimetrga yetgan.

Taxminlarga ko‘ra, Corolla L’ga 118 ot kuchiga ega yangi uch litrli turbirlangan Toyota M15C dvigateli o‘rnatiladi. Qayd etilishicha, kuch agregati mavjud gammani to‘ldirmaydi, balki to‘rt silindrli 1,2 litrli (turbo, 116 kuchi) va 1,6 litrli (atmosfera, 140 ot kuchi) dvigatellarning o‘rnini egallaydi.

Mazkur Toyota Corolla’ni Xitoydan tashqariga eksport qilish rejalashtirilmagan. Model bozorga 2021-yilda chiqishi kutilmoqda, biroq uning texnik tavsiflari haqida rasmiy ma’lumotlar 2020-yil oxirlarida oshkor qilinadi.

Mavzuga doir: Toyota koronavirusga chalingan bemorlarni tashishga mo‘ljallangan avtomobil ishlab chiqardi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют