» » Sirdaryoda Sardoba suv omboridagi toshqindan talafot ko‘rgan yerlarda elektr ta’minotini tiklash ishlari boshlandi

Sirdaryoda Sardoba suv omboridagi toshqindan talafot ko‘rgan yerlarda elektr ta’minotini tiklash ishlari boshlandi


1-may, juma kuni, Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan texnogen ofat — Sardoba suv omboridagi avariya va uning oqibatlari, jumladan, elektr ta’minotiga yetgan talafotlar bartaraf qilinmoqda. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Sirdaryo viloyatining qator hududlarida izdan chiqqan elektr energiyasi ta’minotini tiklash va mazkur hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 100 nafardan ortiq ishchi-xodim, bundan tashqari 50 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan.

Sirdaryoga ko‘mak kuchi sifatida Farg‘ona, Andijon, Namangan va boshqa viloyatlardan ham maxsus texnika va zarur jihozlar bilan ishchi-xodim xodimlar Sardobaga yetib kelgan.

Talafot yetgan hududlarda transformator punktlarini suv yuvishi oqibatida vujudga kelgan loydan va chiqindilardan tozalash, shuningdek, toshqin natijasida yaroqsiz holga kelgan tayanch ustunlarni yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, toshqin oqibatlarini bartaraf etish maqsadida hududga kelgan harbiy xizmatchilar va boshqa ko‘ngillilar uchun qurilgan vaqtincha yashash joylarini elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlariga ham ahamiyat qaratilmoqda.

Mavzuga doir: Markaziy harbiy okrug askarlari Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmoqda (foto)

Zarar ko‘rgan hududlarda “Baliqchi”, “A.Tairov”, “Uch tom”, “Yangi hayot” nimstansiyalari suv ostida qolishi natijasida 8 mingdan ortiq iste’molchi elektr energiyasidan uzilib qolgan.

Mavzuga doir: 

Ma’lumot uchun, Sardoba suv omboridagi suv toshqinidan so‘ng uning atrofida joylashgan aholi punktlaridan 70 mingga yaqin fuqaro Sirdaryo viloyatining boshqa hamda Jizzax viloyati hududlariga evakuatsiya qilingan (xavf bartaraf bo‘lgani bois, aholi asta-sekin uylariga qaytmoqda); hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan.

Voqea yuz bergan kuniyoq Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga yetib bordi. U suv toshqini oqibatlarini ko‘zdan kechirdi, ofatdan jabrlangan aholi bilan muloqotda bo‘ldi, sharoit yaxshilanmagunicha, hech bir rahbar hech qayerga ketmasligini ta’kidladi. Allaqachon qayta tiklanishi boshlangan to‘g‘onni bir necha bor borib ko‘rdi, ish jarayoni bilan tanishdi. To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют