» » Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni bir sutkada 102 taga ko‘payib, 230 nafarga yetdi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni bir sutkada 102 taga ko‘payib, 230 nafarga yetdi


Tojikistonda bir sutka ichida koronavirusga chalingan bemorlar soni 102 nafarga oshdi va 230 nafarga yetdi, uch nafar bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Tojikistonda COVID-19’ni yuqtirib olganlarning umumiy soni 230 nafarga yetdi, bu 2-may holatidagi ko‘rsatkichdan 102 nafarga ko‘p degani. Uch kishi kasallik oqibatida vafot etgan”, — deya agentlikka ma’lum qilgan vazirlik vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 4-may holati bo‘yicha 3208 nafar kishi mamlakatdagi kasalxonalarda tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Bir sutka ichida 246 nafar odam qoniqarli holatda shifoxonalardan chiqarilgan.

230 ta COVID-19 bilan kasallanish holatining 110 tasi Dushanbe shahrida, 22 tasi respublika boshqaruviga bo‘ysunuvchi shaharlar va tumanlarda, 7 tasi Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyatida, 21 tasi Xatlon viloyatida va yana 70 tasi So‘g‘d viloyatida qayd etilgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holatlarning qayd etilgani 30-aprelda e’lon qilingan: Sog‘liqni saqlash vazirligi 15 nafar odamning COVID-19’ga chalinganini xabar qilgan. Ularning 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa Dushanbeda ekani aytilgandi.

2-may tongida kasallanganlar soni 32 nafarga yetgan, 2-may oqshomiga borib ularning soni 76 nafarni tashkil qilgan. 3-may oqshomida mamlakatda COVID-19’ni yuqtirib olganlar 128 nafarga yetgani hamda 2 kishi vafot etgani xabar qilingan.

Mavzuga doir: Jahon banki Tojikistonda 21 ming nafar odam koronavirusdan vafot etishi mumkinligini taxmin qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют