» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 4 ming nafardan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 4 ming nafardan oshdi


Qozog‘istonda COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bo‘yicha 21 ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda Tengrinews xabar bergan.

“Mamlakatda 4-may soat 22:20 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinishi bilan bog‘liq 21 ta yangi holat ro‘yxatga olingan. Nur-Sultonda 5 ta, Olmaotada 1 ta, Atirau viloyatida 9 ta, Sharqiy-Qozog‘iston viloyatida 1 ta, Jambil viloyatida 4 ta, G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatida 1 ta holat qayd etilgan”, — deyiladi Qozog‘iston davlat komissiyasi tezkor shtabining axborotida.

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 4-may holatiga ko‘ra, 4 049 nafarni tashkil qilmoqda: Olmaotada 1318 nafar, Nur-Sultonda 706 nafar, Qizilo‘rda viloyatida 214 nafar, Chimkentda 213 nafar, G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatida 194 nafar, Atirau viloyatida 193 nafar, Aqto‘be viloyatida 160 nafar, Qarag‘anda viloyatida 159 nafar, Jambil viloyatida 158 nafar, Olmaota viloyatida 156 nafar, Pavlodar viloyatida 150 nafar, Turkiston viloyatida 143 nafar, Akmola viloyatida 101 nafar, Mang‘istov viloyati 74 nafar, Ko‘stanay viloyatida 50 nafar, Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida 30 nafar, Sharqiy-Qozog‘iston viloyatida 30 nafar kishida COVID-19 aniqlangan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilganini ma’lum qilgandi. Shu sababli aholiga ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют