» » O‘zbekistonda bir kunda 40 kishida koronavirus aniqlandi, 86 bemor esa koronavirusdan sog‘aydi

O‘zbekistonda bir kunda 40 kishida koronavirus aniqlandi, 86 bemor esa koronavirusdan sog‘aydi


O‘zbekistonda 4-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 8 kishiga ko‘payib, 2189 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 4-may davomida O‘zbekistonda jami 40 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Taqqoslash uchun, 3-may kuni 31 nafar, 2-may kuni 32 nafar, 1-may kuni esa 47 nafar bemorda koronavirus aniqlangan edi.

Shu bilan birga, 4-may kuni mamlakat bo‘yicha 86 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilganlar soni jami 1405 kishiga yetdi. Kun davomida Farg‘onada sakkiz kishi, Namanganda 17 kishi, Samarqandda ikki kishi, Toshkentda 23 kishi, Qoraqalpog‘istonda 17 kishi, Surxondaryoda to‘qqiz kishi, Xorazmda 8 kishi, Sirdaryoda bir kishi koronavirusdan sog‘aydi.

Navoiy viloyati esa (so‘nggi bemor sog‘ayib) Jizzax va Qashqadaryodan so‘ng koronavirusdan xoli O‘zbekistondagi uchinchi hududga aylandi. Ayni vaqtda mamlakat kasalxonalarida 774 nafar bemor koronavirusdan davolanishda davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi boshlanganidan beri 10 kishi kasallik qurboni bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют