» » AQShda COVID-19 sabab qayd etiladigan o‘lim holatlari yanada ko‘payishi prognoz qilindi

AQShda COVID-19 sabab qayd etiladigan o‘lim holatlari yanada ko‘payishi prognoz qilindi


AQSh administratsiyasi 1-iyunga borib COVID-19’dan vafot etgan mamlakat fuqarolarining soni ikki baravar ko‘payishini taxmin qilmoqda. Bu haqda The New York Times nashri administratsiyadagi ichki hujjatlarga asoslanib xabar tarqatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oy boshida koronavirusdan 3 ming nafarga yaqin odam vafot etadi, hozirda kuniga 1750 nafar kishi COVID-19 oqibatida hayotdan ko‘z yummoqda. Gazetaning yozishicha, hozir kasallikka chalinish bo‘yicha kuniga 25 mingta yangi holat qayd etilayotgan bo‘lsa, bir oydan keyin kuniga 200 ming kishida kasallanish kuzatiladi.

Prognoz CDC sanitariya tashkilotining statistik modellashtirish nazariyasiga asoslangan. AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu taxminlarga qarama-qarshi o‘laroq taqiqlarni bosqichma-bosqich yumshatishga o‘tgan.

Aksariyat shtatlarda mart o‘rtalarida e’lon qilingan karantinga qaramay AQShda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmayapti. Mamlakatda 1,1 milliondan ko‘proq odam virusga chalingan, 67 mingdan ko‘proq bemor kasallik oqibatida vafot etgan. AQSh ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham jahonda yetakchilik qilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, karantin cheklovlarining yumshatilishi virus bilan bog‘liq vaziyatning battar yomonlashishiga olib keladi.

Donald Tramp 3-mayda AQShda koronavirusdan vafot etuvchilar soni haqidagi prognozida ko‘rsatgan raqamni kattarog‘iga almashtirgan. U avval 60-65 ming atrofida odam kasallikdan o‘ladi degan bo‘lsa, Fox News’ga bergan intervyusida vafot etganlarning soni 75-100 mingga yaqin bo‘lishini taxmin qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют