» » Toshkent shahar IIBB Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani holati yuzasidan surishtiruv boshladi

Toshkent shahar IIBB Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani holati yuzasidan surishtiruv boshladi


4-may kuni ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatidan norozi bo‘lib, ularni haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. Xonandaning Instagram sahifasidagi jonli efirdan yozib olingan ushbu videoda Yulduz Usmonova tomonidan militsiya va YHXB xodimlari sha’niga turli haqoratli so‘zlar yog‘dirilgan. O‘zbekiston xalq artistining ushbu qilmishi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng Yulduz Usmonovaning yana bir videomurojaati paydo bo‘ldi. Videoda xonanda “ulug‘ ayyom kunlarida ichki ishlar xodimlaridan dilini og‘ritgani uchun” kechirim so‘radi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ushbu video yuzasidan bayonot berdi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy jihatdan qo‘llab kelayotgan, o‘z ijod namunalari bilan vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish, yoshlar ruhiyatida vatanga xizmat qilishdek muqaddas burchni shakllantirayotgan san’atkorlarning o‘rni beqiyos.

Afsuski, shunday og‘ir vaziyatda taniqli san’atkor Yulduz Usmonova tomonidan huquqni muhofaza qilish organlarining xizmat faoliyatiga barmoq orasidan qarab, ularni asossiz tanqid qilishi o‘ta madaniyatsizlik va salbiy holat, albatta. O‘z qilmishi bilan Yulduz Usmonova barcha ichki ishlar organlari xodimlarini uyatli so‘zlar, obro‘sizlantiruvchi uydirmalar va beodoblik bilan qasddan haqorat qilgan.

Asli holatga oydinlik kiritadigan bo‘lsak, joriy yilning 2-mayda soat taxminan 21:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani 4-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori leytenant M. Ortiqjonov shu tumanda yashovchi Yulduz Usmonovaning xonadoniga o‘ttiz nafarga yaqin fuqaro Sirdaryo viloyatida ro‘y bergan suv toshqinidan jabrlangan aholiga yordam berish maqsadida xayriya uchun turli xildagi oziq-ovqat hamda boshqa mol-mulklarni olib kelganliklarini kuzatgan. Ushbu yukni tegishli manzilga yetkazib berishga yordam berish maqsadida hududga biriktirilgan PPX xodimlari serjant D. Ortiqov va safdor A. Sultonovlar bilan birga yuk mashinalariga ortishga yordamlashib, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi mayor B. Gapparov boshqaruvidagi maxsus transport vositasi kuzatuvida Sirdaryo viloyatiga to‘planib ketiladigan joy, ya’ni ‘Turkiston’ san’at saroyiga kuzatib qo‘ygan.

Shundan so‘ng Yulduz Usmonova o‘zining yordamchilari orqali to‘plangan yuklarni darhol, ya’ni 3-may soat 00:10 larda YHXB xodimlari kuzatuvi ostida Sirdaryo viloyatiga jo‘natilishini talab qilgan. Shunda xodimlar Yulduz Usmonovaga Sirdaryo viloyatiga chiqish belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma asosida kunduzgi vaqtda hamda uyushgan holda amalga oshirilishini tushuntirishlariga qaramasdan, uning asossiz tanqidiga uchragan.

Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, o‘ta madaniyatsizlik bilan turli haqoratomuz so‘zlarni gapirayotgan ayolga belgilangan tartibni tushuntirishga uringan xodimlar ziddiyatli vaziyatni keskinlashib ketishini oldini olish maqsadida u bilan muloqotni to‘xtatib, o‘z xizmat vazifalarini davom ettirganlar. Shundan so‘ng Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoq orqali onlayn tarzda ichki ishlar organlarini obro‘sizlantiruvchi, asossiz haqoratlar aks ettirilgan videorolikni tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan madaniyat xodimi nomiga dog‘ tushirgan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan, ichki ishlar organlari xodimlari sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga harakat qilgan fuqaro Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Ish yakuni bo‘yicha holatga oydinlik kiritilib, aybdorlarga qonuniy tartibda chora belgilanadi.

Shu o‘rinda vaziyatga xolis munosabat bildirib, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatlariga adolat nazari bilan qaragan fuqarolar, madaniyat vakillari, jurnalistlar, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati

Mavzuga doir: Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют