» » Andijonda yo‘lovchi tashishga ruxsat berildi. Go‘zallik saloni hamda mehmonxonalar faoliyati tiklandi

Andijonda yo‘lovchi tashishga ruxsat berildi. Go‘zallik saloni hamda mehmonxonalar faoliyati tiklandi


Andijon viloyatida yo‘lovchi tashuvchi taksilar faoliyatiga ruxsat berildi, go‘zallik salonlari hamda mehmonxonalar faoliyati tiklandi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

Ma’lum bo‘lishicha,  4-may kuni viloyat hokimi raisligida selektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda belgilangan yo‘nalishlarda viloyat bo‘yicha jami 3750 ta subyekt faoliyatini tiklash zarur ekanligi ta’kidlangan.

Viloyat hokimi topshirig‘iga asosan 4-maydan boshlab viloyatdagi 508 ta transport uyushmasidan 82 tasiga qarashli 4700 ta yengil avtomobilga, 3 ming 643 ta ayollar va erkaklar sartaroshxonasi hamda go‘zallik saloniga, 25 ta mehmonxonaga sanitar vrachlar jalb qilingan holda xonalarni dezinfeksiya qilish va mehmonlarni kunlik tibbiy nazoratdan o‘tkazish orqali faoliyatini tiklashga ruxsat berilgan.

Mazkur subyektlarning barchasi sanitariya talablari asosida, oraliq masofani saqlagan holda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda soliq idoralari xodimlari nazorati ostida faoliyatini davom ettirishi belgilangan.

Biroq O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining shu yil 23-apreldagi ko‘rsatmasiga asosan, pandemiya davrida kasallik tarqalishining oldini olishni to‘liq nazorat qilish imkoniyati yo‘q bo‘lgan jami 1096 ta —  459 ta umumiy ovqatlanish korxonasi (yetkazib berish xizmati asosida ishlash bundan mustasno), 115 ta to‘yxona, jamoat transportlari (avtobus, mikroavtobus) mavjud bo‘lgan 426 ta yirik transport uyushmasi, 24 ta nodavlat-notijorat o‘quv markazi, 72 ta buyum bozori va savdo komplekslari faoliyati Respublika komissiyasi tomonidan alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar vaqtincha cheklab turilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan edi. Keyinchalik bu tartib 10-mayga qadar uzaytirilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют