» » Bentley charmi bilan bezatilgan Mercedes-Benz miniveni taqdim etildi (foto)

Bentley charmi bilan bezatilgan Mercedes-Benz miniveni taqdim etildi (foto)


Germaniyaning Schawe Car Design ustaxonasi Mercedes-Benz V-klass asosida ajoyib biznes-venni yaratdi. Mashina modeli to‘liq o‘zgartirilgan: yuqori qulaylikdan to‘rt nafar biznesmen bahramand bo‘lishi mumkin; salon ichi Bentley charmi va alkantara bilan qoplangan, deb xabar beradi Motor.

Loyiha asosini AMG paketi va 19 dyuymli g‘ildirak diskalariga ega Mercedes-Benz V 250 tashkil etadi. O‘rindiqlar soni haydovchiniki bilan birga olti kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, markazdan to‘rt nafar VIP yo‘lovchi uchun joy yaratilgan.

Biznes-jet to‘rt kishi uchun muzokara punktiga aylanishi mumkin: ikkinchi va uchinchi qatorlar yuzma-yuz joylashtirilgan bo‘lib, barcha yo‘lovchilarga Nappa charmidan qoplangan multikontur o‘rindiqlar va ventilyatsiya, alohida iqlim zonasi mavjud.

O‘rindiqlar Mercedes-Benz qora charmi, shift va yon tomonlar esa Bentley charmi va alkantara bilan qoplangan. Ushbu materiallar diod polixromatik yoritgichlari bilan uyg‘unlik hosil qiladi, salonning yuqori qismida esa “sovuq” oq lampa nur sochadi.

Eshikning qarama-qarshi tarafidan kichik stol o‘rin olgan bo‘lib, o‘rindiqlarning tirsak qo‘yadigan joyida iPad planshetlari joylashgan, shiftga esa keng o‘lchamli monitor o‘rnatilgan.

Miniven 190 ot kuchiga ega 2,1 litrli V 250 d turbodizel dvigateli yordamida harakatga keladi. Qayta ishlangan V-klass’ning narxi hozircha oshkor qilinmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют