» » Sardobaliklar uchun Farg‘ona va Qashqadaryo budjetidan ham mablag‘ ajratildi

Sardobaliklar uchun Farg‘ona va Qashqadaryo budjetidan ham mablag‘ ajratildi


Sardoba suv omboridagi toshqin oqibatidan jabrlangan sirdaryoliklar uchun Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyati budjetidan 9 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

“Daryo”ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri Azizjon Ermatovning yozishicha, xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengash raisi, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev tomonidan viloyat mahalliy budjetining daromadlar rejasidan oshirib bajarilgan qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan sardobaliklar uchun 5 milliard so‘m mablag‘ ajratish taklifi bildirilgan va kengash qarori bilan tasdiqlangan.

“Daryo”ning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiriga ko‘ra, sardobaliklar uchun viloyat budjetidan 4 milliard so‘m ajratilgan. Bu haqda 4-may kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari viloyat kengashining VI chaqiriq oltinchi sessiyasida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sirdaryoliklar uchun Samarqand viloyati budjetidan 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют