» » Qozog‘iston Suriya masalasini hal etish bo‘yicha kuzatuvchilar doirasini kengaytirish taklifini berdi

Qozog‘iston Suriya masalasini hal etish bo‘yicha kuzatuvchilar doirasini kengaytirish taklifini berdi


Qozog‘iston Ostonada Suriya masalasini hal etish bo‘yicha muzokarada kuzatuvchilar doirasini kengaytirish taklifini bermoqda va kafil-mamlakatlar bilan muzokara olib boryapti. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

“Biz uchun kuzatuvchilar doirasini kengaytirish masalasi juda muhim. Jangovar harakatlar to‘xtatilib, tuzumning yanada mustahkamlanishidan manfaatdor barcha mamlakatlar Ostonada kechayotgan jarayonni kuzatib borishlari uchun Qozog‘iston tomoni bu masalasi yuzasidan kafil-mamlakatlar bilan faol ish olib bormoqda”, — deydi Abdrahmonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nomzodlar sifatida arab mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi davlatlari ko‘rib chiqilmoqda.

“Kafil-mamlakatlar oldida, jumladan, Rossiya oldida biz Saudiya Arabistoni va Qatar kabi arab mamlakatlarining ishtirok etishi masalasini ko‘tardik. Boshqa tarafdan esa Yevropa Ittifoqi ham Ostona jarayonidan xabardor ekanligidan juda manfaatdormiz”, — deya qo‘shimcha qildi Tashqi ishlar vaziri.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют