» » Andijon viloyati IIB tomonidan ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

Andijon viloyati IIB tomonidan ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi


Andijon viloyat IIB 3 mingga yaqin ehtiyojmand oilaga 12 turdagi 400 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Ramazon oyi munosabati bilan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida IIB sektoridagi mavjud 219 ta mahallada deputatlar ishtirokida ehtiyojmand oilalar ahvoli o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 8167 ta kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan, yolg‘iz yashovchi, karantin davrida daromad manbaidan mahrum bo‘lgan xonadonlarga joriy yil 23-apreldan 3-mayga qadar 400 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

Avvalroq Andijon IIB xodimlari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga bir kunlik ish haqi — 101 million so‘m mablag‘ni xayriya qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют