» » Habibulla Nizomov aktyor Ulug‘bek Qodirovning AQShga ketib qolgani haqida: Uni xafa qilishdi

Habibulla Nizomov aktyor Ulug‘bek Qodirovning AQShga ketib qolgani haqida: Uni xafa qilishdi


So‘nggi yillarda ko‘plab o‘zbek xonandalari, aktyorlar oilasi bilan Amerikaga ko‘chib ketmoqda. Otabek Madrahimov, Sobirjon Mo‘minov, Sherzod Bin kabi shtatlarda yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar safiga Ulug‘bek Qodirov ham qo‘shildi.

Karantin tufayli AQShning Nyu-York shahrida qolib ketgan sport ustasi va aktyor Habibulla Nizomov jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda Ulug‘bek Qodirovning nima sababdan AQShga ketib qolgani haqida gapirdi.

“Mening bilganim Ulug‘bekni xafa qilishgan.

Filmlarda o‘zbek aktyorlariga salbiy rol yoki ikkinchi darajali rollarni berib, asosiy rollar rus yoki turk aktyorlariga berila boshladi. Bir filmda kelishilgan gonorarni berishmagan. Qayta-qayta so‘rab, ‘agar pulimni bermasangiz, dublyajga bormayman’ deganidan keyin kinoni buyurtma qilgan tashkilotga ro‘para qilib qo‘ygan. Tasavvur qiling, gonorarni kelishgan odam qo‘rqitish uchun boshqa tashkilotni ro‘para qilib qo‘ygan. Balki, adolatsizliklarni ko‘rib, men o‘zim yangidan hayot boshlab, alohida yashab ko‘ray, degandir. Amerikada u bilan uchrashdim, yurishini ko‘rdim, kayfiyati yaxshi. Oldingidek xushchaqchaq”, — deydi Habibulla Nizomov.

Mavzuga doir: Habibulla Nizomov: Hilol Nasimov olamdan o‘tsa, janozasiga bormayman



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют