» » Qozog‘iston hukumati vakili: O‘zbekiston Sardoba suv omborining qurilishini biz bilan kelishmagan

Qozog‘iston hukumati vakili: O‘zbekiston Sardoba suv omborining qurilishini biz bilan kelishmagan


Qozog‘iston Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi yuzasidan to‘laqonli axborot taqdim etishni so‘rab O‘zbekistonga rasmiy xat yo‘lladi. O‘zbekistondagi suv omborida yuz bergan avariya oqibatida Qozog‘iston janubidagi 10 ta aholi punkti suv ostida qolgan.

Tengrinews’ning xabar berishicha, rasmiy xat Qozog‘iston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi nomidan yo‘llangan. Xalqaro kelishuvlar normlariga muvofiq, transchegaraviy daryolarda gidrotexnika inshootlarini qurish oldidan qo‘shni mamlakat loyihadan boxabar qilinishi va u bilan kelishilishi kerak.

“Ushbu suv omborining qurilishi biz (Qozog‘iston) bilan kelishilmagan. Biz bu haqda O‘zbekiston tomoniga bir necha bor bildirganmiz, biroq u haqda cheklangan, to‘liq bo‘lmagan axborot olganmiz. Bugun biz nota tayyorladik, u Tashqi ishlar vazirligi orqali yetkaziladi, unda Sirdaryo daryosi havzasidagi transchegaraviy suvlarda bunyod etilgan barcha obyektlarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etish so‘ralgan”, — dedi Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Sergey Gromov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют