» » Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 250 ming kishidan oshdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 250 ming kishidan oshdi


Butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 250 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ayni vaqtda koronavirus qurbonlari soni 251 510 kishiga yetdi. COVID-19 qurbonlarining to‘rtdan bir qismi AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 68 922 kishi. Mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha Nyu-York yetakchilik qilmoqda (19 057 kishi).

O‘lim holatlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Italiya ketmoqda — 29 079 kishi. Uchlikka 28 734 nafar qurbon bilan Buyuk Britaniya yakun yasagan.

Koronavirusdan vafot etganlar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar qatoridan Ispaniya (25 428), Fransiya (25 168), Belgiya (7924), Braziliya (7288), Germaniya (6935), Eron (6277) va Niderlandiya (5082) o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Yevropa Ittifoqida uch soat ichida COVID-19’ga qarshi kurash uchun 7,4 mlrd yevro miqdorida mablag‘ yig‘ildi

O‘zbekistonda 4-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2189 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilganlar soni jami 1405 kishiga yetdi. Ayni vaqtda mamlakat kasalxonalarida 774 nafar bemor koronavirusdan davolanyapti, koronavirus tarqalishi boshlanganidan beri 10 kishi kasallik qurboniga aylangan.

O‘zbekistonda so‘nggi 11 soatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют