» » O‘zbekiston va Belarus axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Belarus axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qiladi


O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va Belarus Respublikasi yuqori texnologiyalar parki o‘zaro anglashinuv memorandumini imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Hujjat 17-aprelda Minskda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida imzolandi.

Tomonlar hamkorlik doirasida ikki tomon manfaatlarini hisobga olgan holda yangi va yuqori texnologiyalar sohasida biznes munosabatlarini kengaytirish, dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro harakat qilishni maqsad qilib qo‘ygan.

Shuningdek, tomonlar IT-parklar faoliyatining huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarini, soha mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va malaka oshirish bo‘yicha tajriba almashadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют