» » Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng Qozog‘istondagi suv omborlarida tekshiruvlar boshlandi

Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng Qozog‘istondagi suv omborlarida tekshiruvlar boshlandi


O‘zbekistondagi Sardoba suv omborida 1-may kuni yuz bergan falokatdan so‘ng qo‘shni Qozog‘istonda ham gidrotexnika inshootlarini tekshirish ishlari boshlangan, deya xabar bermoqda Tengrinews.

Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Sergey Gromovning ta’kidlashicha, barcha inshootlar birlamchi ko‘zdan kechirib chiqilgan, birinchi galda rekonstruksiyaga muhtoj suv omborlari belgilab olingan.

Gromovning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda Qozog‘istonda bir necha gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash ishlari boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni tong soat 5:55 da Sardoba suv ombori to‘g‘onida o‘pirilish yuz bergan edi. Oqibatda Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari hududlari suv ostida qolgan. 70 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan (hozirda ularning 16 mingdan ortig‘i uylariga qaytgan), o‘nlab odamlar tan jarohati olgan, yuzlab odamlar suv bosgan hududlardan qutqarilgan; qutqaruv ishlari vaqtida kamida bir Milliy gvardiya xodimi halok bo‘lgan.

Ismi oshkor etilmagan mutaxassislar falokatga 1-mayga o‘tar kechasi kuzatilgan kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lganini ta’kidlagan, biroq meteorologlar voqea arafasida Sardoba suv ombori hududida kuchli yomg‘ir va shamol kuzatilmaganini ta’kidlamoqda. Toshib chiqqan suv Qozog‘istongacha yetib borgan; rasmiylar Sardoba suv ombori O‘zbekiston tomonidan Qozog‘iston bilan kelishmay qurilganini ta’kidlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют