» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 843 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 843 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 843 kishiga yetdi. Bu haqda respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“5-may holatiga ko‘ra, COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha yana 13 ta holat aniqlandi”, — deydi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, koronavirus oqibatida vafot etish bo‘yicha yana bir holat qayd etilgan. “COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 69 yoshli erkak vafot etdi. Bundan tashqari, unda ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, bosh miya shishi kuzatilgan. Shuningdek, bemor qandli diabetdan aziyat chekib, insulin olib kelgan”, — deyiladi xabarda.

Shunday qilib, Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 843 kishiga yetdi, 11 kishi vafot etdi. Kasallarning 600 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga 58 mingdan ortiq test olingan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni jami 2189 nafarni tashkil qilib, ularning 1405 nafari sog‘aygan, 10 nafar bemor vafot etgan. Ayni vaqtda 774 nafar bemor davolanmoqda. Mamlakatda 4-may soat 23:00 dan 5-may soat 10:00 ga qadar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют