» » UFC 249 musobaqasi O‘zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi

UFC 249 musobaqasi O‘zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi


AQShning Jeksonvill (Florida shtati) shahrida o‘tkaziladigan UFC 249 musobaqasi O‘zbekistonda jonli efirga uzatiladi.

UzReport telekanali musobaqani O‘zbekistonda translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Musobaqa Toshkent vaqti bilan 10-may kuni tonggi soat 05:00 da boshlanadi.

Kechaning asosiy jangi yengil vazn toifasining taniqli vakillari Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida kechadi. Musobaqaning yana bir markaziy jangida Genri Sehudo va Dominik Kruz o‘zaro to‘qnash keladi. Shuningdek, mazkur kechada Donald Serrone va Entoni Pettis o‘rtasida revansh jangi ham bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir. Rasman: UFC 9-may kuni musobaqa o‘tkazadi. Unda Toni Fergyuson, Genri Sehudo hamda Donald Serronelar jang qiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют