» » Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiylari Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmoqda (foto)

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiylari Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmoqda (foto)


Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugdan 300 nafardan ortiq harbiy xizmatchi hamda 20 ga yaqin harbiy va maxsus texnika Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun 3-may kuni Nukus shahridan jo‘nab ketgan edi.

Okrug matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda harbiy xizmatchilar Oqoltin tumani aholisi va yordamga kelgan boshqa ishchilar bilan Birlik ko‘chasidagi uylarda ta’mirlash-tozalash ishlarida faol ishtirok etishmoqda.

Qayd etilishicha, toshqin suvi oxirigacha ketmagan bo‘lsa ham vaqtni yo‘qotmaslik uchun asosiy kuch suv sathi pasaygan uylardagi ishlarga jalb etilgan.

Harbiy xizmatchilarning kuchi aholi istiqomat qilgan uylarda tozalash va nurab qolgan inshootlarni tiklashga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga yig‘ilib qolgan axlatlar, singan shox-shabbalar tozalanib, hudud tartibga keltirilmoqda.

Mudofaa vazirligining qolgan harbiy okruglari ham sirdaryoliklarga amaliy yordam berish maqsadida favqulodda holat yuzaga kelgan hududga kuch va vositalar yuborgani ta’kidlangan.

Harbiy va maxsus texnikalarni saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda harbiy xizmatchilarning vaqtincha yashashi uchun alohida hududlar berilib, sharoitlar yaratilgan.

Avvalroq Markaziy harbiy okrug askarlari Sardobadagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют