» » Olimlar koronavirus nomini o‘zgartirish taklifini ilgari surdi

Olimlar koronavirus nomini o‘zgartirish taklifini ilgari surdi


Italiyalik olimlar ko‘plab odamlar o‘rganib qolgan COVID-19 nomi o‘rniga MicroCLOTS terminidan foydalanishni taklif etdi, deb xabar beradi “Komsomolskaya pravda”.

Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus kasallik qon tomirlariga zarar yetkazishi va nafaqat o‘pkada, balki bosh miyada ham tromblar paydo bo‘lish xavfini yuzaga keltirishi bilan izohlangan.

Shunga qaramay, rossiyalik mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya nomini hozircha o‘zgartirmaslik kerak, COVID-19’ning qon tomir patologiyalari bilan o‘ziga xos bog‘liqligi 100 foiz isbotlanmagan, tadqiqotlar talab etiladi. Biroq vafot etgan bemorlarning biologik materiallari tromblar hosil bo‘lishiga oid faktlarni isbotlamoqda.

Patomorfolog-shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Liliya Selivanovaning ta’kidlashicha, u shaxsan COVID-19’dan vafot etgan 10 nafar bemor ustida tadqiqot o‘tkazgan. Ulardan to‘qqiz nafarining: o‘pka arteriyasida, buyrak tomirlarida, taloqda, yurak tomirlarida tromblar aniqlangan.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, avvallari infeksiyaga faqat respirator, o‘pkaga zarar yetkazuvchi va o‘tkir distress-sindromi respiratori deb qaralgan bo‘lsa, hozirgi paytda mutaxassislar inson tanasining tomirlarida shunga o‘xshash jarayonni kuzatmoqda.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirus sabab kuzatilayotgan o‘lim holatlarining ko‘pligini D vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘lamoqda

Avvalroq Xitoy Tibbiyot fanlari akademiyasining patogen biologiya instituti olimlari koronavirus yo‘q bo‘lib ketmasligi va u mavsumiy gripp kabi har yili qaytalanishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют