» » Sterlingdan Aguerogacha. “Manchester Siti”ning eng qimmat xaridlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa

Sterlingdan Aguerogacha. “Manchester Siti”ning eng qimmat xaridlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa


Transfermarkt portali “Manchester Siti” klubining eng qimmat xaridlaridan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.

“Shaharliklar” qimmat xaridlarining barchasi yaqin o‘tmishda amalga oshirilgan. “Manchester Siti” ushbu tarkib uchun umumiy miqdorda 640,6 million yevro sarflagan va ushbu futbolchilarning deyarli barchasi hozirda jamoaning asosini tashkil qiladi. Ayni damda mazkur tarkibning narxi 636 million yevroni tashkil qiladi, “Manchester Siti” tarkibining umumiy narxi esa 1,02 milliard yevroga teng.

Jamoaning eng qimmat xaridi Kevin de Bryuyne bo‘lib turibdi. “Siti” belgiyalik futbolchini 2005-yilda “Volfsburg”dan 76 million yevroga sotib olgandi.

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Ederson;

Himoyachilar: Benjamen Mendi, Emerik Lyaport, Jon Stounz, Joau Kanselu;

Yarim himoyachilar: Rodrigo Ernandes, Fernandinyo, Kevin de Bryuyne;

Hujumchi: Rahim Sterling, Riyod Mahrez, Serxio Aguero.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют