» » Sirdaryoda favqulodda vaziyat hududida qolib ketgan ikki fuqaro harbiy vertolyot yordamida qutqarildi

Sirdaryoda favqulodda vaziyat hududida qolib ketgan ikki fuqaro harbiy vertolyot yordamida qutqarildi


Sirdaryo viloyatida suv toshqinidan aziyat chekkan aholini qutqarish ishlarida Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyotlardan ham foydalanilayotgani xabar berilgan edi.

Vazirlik matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 5-may kuni belgilangan reja asosida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarning borish qiyin bo‘lgan joylarida razvedka-qidiruv ishlarini amalga oshirish davomida Oqoltin tumanidan yana ikki ishi qutqarilgan.

Ulardan biri 1985-yilda tug‘ilgan E.O. bo‘lib, uning bir oyog‘i jarohatlangan. Ikkinchisi 1996-yilda tug‘ilgan F.Q.ning tana harorati ko‘tarilgan. Bu ikki fuqaro vertolyotga olingan va zudlik bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Mudofaa vazirligining harbiy mobil tibbiy markaziga olib kelingan.

Bemorlarga Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida zarur tez tibbiy yordam muolajalari ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir: Sardobadan hikoyalar

Avvalroq toshqindan jiddiy zarar ko‘rgan Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida bir fermer suvda oqib ketayotgan ikki qizaloqni qutqarib qolgani,  Milliy gvardiya xodimi toshqin ichida qolgan xonadondan to‘qqiz kishini qutqarib chiqqani, bundan tashqari, O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari vertolyotlari yordamida 300 ga yaqin odam qutqarilgani xabar berilgan edi.

Shuningdek, toshqin ichida qolgan qishloqda qolib ketganlarni izlayotgan qutqaruvchilar videosi ham e’lon qilingandi.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют