» » JSST bosh direktori koronavirusga qarshi eng samarali usullardan birini aytdi

JSST bosh direktori koronavirusga qarshi eng samarali usullardan birini aytdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirusga qarshi eng yaxshi vositalardan birining nomini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi vaziyatda standart gigiyena qoidalariga rioya qilish, ya’ni qo‘lni sovunlab yuvish foyda berishi mumkin. Mazkur usul COVID-19 bilan kasallanishga qarshi eng samarali vosita hisoblanadi.

“Qo‘llarni yuvish hozirda ham insonlar sog‘lig‘ini saqlash va infeksiyalardan hamda boshqa ko‘plab kasalliklardan himoyalanishning eng yaxshi choralaridan biri bo‘lib qolmoqda”, — deydi Gebreyesus.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasiga qarshi samarali vaksina yoki boshqa turdagi dori vositasi yaratilmagan, biroq deyarli barcha rivojlangan davlatlar buning ustida faol ish olib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 250 ming kishidan oshib ketgan.

Avvalroq gonkonglik olimlar koronavirusdan himoya qilishga qodir “antivirus qoplamani” yaratgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha asosiy choralar

Eslatib o‘tamiz, JSST koronavirusdan himoyalanishda rioya qilish lozim bo‘lgan oddiy qoidalar ro‘yxatini tayyorlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют